20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,2 °C

Xavfsizlik
10 May  2019 873

169,3 mln. so‘mlik noqonuniy olib kirilgan kompyuterlar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi va Toshkent viloyati bojxona xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, noqonuniy olib kirilgan kompyuterlar aniqlangan va qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Fuqaro D.I. Qozog‘iston Respublikasida yashovchi “Erlan” ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, xorijda ishlab chiqarilgan jami 169,3 mln. so‘mlik kompyuter qurilmalarini bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda olib o‘tib, Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni hududida fuqaro Yo.S.ga 105,0 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech