16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Mamlakatimizda
6 Avgust  2019 444

156 nafar temiryo‘lchi yangi uyga ega bo‘ldi

Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida hamda Temir yo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan 156 nafar temiryo‘lchilar yangi zamonaviy xonadonlarga ega bo‘ldi, deb xabar qiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matuot xizmati.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan yangi uylarning bosh loyihasi “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida joylashgan 20240,1 kv.m hududda 4 ta 7 qavatli 3 yo‘lakdan iborat uylar qad rostladi. Ya'ni 19 ta 2 xonali (88,6 kv.m), 118 ta 3 xonali (130 kv.m) hamda 19 ta 4 xonali (169,3 kv.m) uylardir. Xonadonlar keng va yorug‘ bo‘lib, barcha kommunikatsiya tizimlariga ulangan. Shu bilan birga barcha yo‘laklarda zamonaviy lift jihozlangan. Xonadonlarning isitish tizimini o‘rnatishda so‘nggi rusumdagi texnologiyalardan foydalanilgan. 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech