29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Dolzarb
15 May  2020 475

15-may: chegaralar ochila boshlanyapti

Sloveniya Yevropa mamlakatlari ichida koronavirus epidemiyasi tugaganini eʼlon qilgan birinchi davlat boʻldi.

Endi bu mamlakatga kelganlar 14 kunlik karantinda saqlanishi shart emas, deb xabar beradi Al Jazeera axborot manbai.

Oʻzbekistonda karantin 1-iyunga qadar uzaytirildi. Shuningdek, hududlararo aviaparvoz va temir yoʻl qatnovlari tiklandi.

RIA Novostining xabariga koʻra esa, Moskvada bugundan boshlab koronavirusga qarshi antitanachalar mavjudligini aniqlash uchun bepul ommaviy test tekshiruvi boshlanadi. Tajriba immunferment tahlil usulida olib boriladi.

AQSHda ishsizlik nafaqasiga daʼvo qiluvchilar soni 36 million kishidan oshdi, deb xabar beradi Bloomberg.

The Washington Post da xabar berilishicha, Yevropa komissiyasi payshanba kuni Xitoydan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga keltirilayotgan 10 million dona niqobni sifati pastligi sabab toʻxtatgani haqida maʼlum qildi.

Litva, Latviya va Estoniyada bugundan eʼtiboran havo, dengiz, temir yoʻl va avtobus qatnovlari tiklandi, deb xabar beradi Reuters.

Daily Mail axborot manbai tarqatgan xabarga koʻra, Finlyandiyada ikki oylik tanaffusdan soʻng maktablar yana ochildi. Barcha oʻquvchi, oʻqituvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sanitariya meʼyorlari va gigiyena qoidalariga rioya qilishlari shart

Koronavirus pandemiyasi tufayli jahon iqtisodiyoti 5,8 trilliondan 8,8 trillion dollargacha zarar koʻrishi mumkin. Bunda mamlakatlar tomonidan COVID-19 tarqalishini sekinlashtirish boʻyicha joriy qilingan qatʼiy choralarning iqtisodiy faoliyatga salbiy taʼsiri asosiy omil boʻlib qolmoqda, deb xabar beradi BBC.

Xuddi ushbu axborot manbai xabariga koʻra, Uxan shahri hukumati 11 million aholi ichidan qariyb uch million kishini test tekshiruvidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida maʼlum qilgan. Maqsad pandemiyaning yangi toʻlqinini nazorat qilishni kuchaytirishdan iborat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech