22 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,6 °C

Urbanizatsiya
5 Dekabr  2019 1011

Qorasuv kanalining o‘zani o‘zgartirilmoqda

Bugungi kunda Yashnobod tumanidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalining Boysun ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan 1,5 km qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Jumladan, kanal o‘zanining yarim aylana shaklidagi 600 metr qismini to‘g‘ri yo‘nalishga o‘zgartirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali suv toshqini bilan bog‘liq favqulodda holatlar hamda qirg‘oq yemirilishi oqibatida aholiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni oldini olish, kanalning sanitar tozaligini ta'minlash va unga xizmat ko‘rsatish imkoniyati darajasini oshirishga erishiladi.

Shunga ko‘ra, bugungi kunga qadar kanal o‘zanining 280 metr qismi o‘zgartirildi. Shuningdek, kanalga tutash hududda yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketishga mo‘ljallangan L-40 o‘lchamli 200 metr uzunlikdagi irrigatsiya lotogi o‘rnatildi hamda 800 metr masofaga yoritish uchun beton ustunlar (parapet) o‘rnatish ishlari olib borildi.

Hozirda kanalning 120 metr yarim aylana bo‘lib o‘tuvchi qismi o‘zanini boshqa yo‘nalish bo‘yicha o‘zgartirish uchun yangi o‘zan qazish hamda kanal o‘zanini betonlashga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech