25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Transport
5 Yanvar  2019 913

15-yanvardan Samarqandda ham foto va video qayd etish vositalari ishga tushadi

Samarqandda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrining 4 ta ko‘cha va chorrahasida 2019-yil 15-yanvardan onlayn tizimida ishlovchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari ishga tushiriladi.

Viloyat hokimining qaroriga asosan hozirgi kunda Samarqand shahridagi Registon ko‘chasida joylashgan “Registon maydoni majmuasi” qarshisidagi piyodalar o‘tish joyiga, Mirzo Ulug‘bek – Bo‘stonsaroy, Mirzo Ulug‘bek – Shoxrux va Mir Said Baraka – Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahalariga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qilmoqda.

Mazkur uskunalar 2019-yilning 15-yanvar kunidan boshlab ishga tushadi. Ular orqali yo‘l harakati qoidalari, ya’ni transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish, svetofor ishorasiga bo‘ysunmaslik, yo‘l chizig‘i va belgilariga amal qilmaslik kabi qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar aniqlanib, ularga nisbatan doimiy choralar qo‘llanilishi joriy etiladi.

Shu bilan birga viloyat ko‘chalarida onlayn tizimida ishlayotgan 4 ta “Arena” rusumli tezlikni o‘lchash uskunalari mavjud va ular yordamida bugungacha 39 mingga yaqin qoidabuzarliklar aniqlangan.

Joriy yilda Samarqand shahridagi barcha chorrahalarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech