20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11 °C

Xavfsizlik
12 Yanvar  2019 1678

141,5 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumani hududida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro A.Z. boshqaruvidagi “Labo” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshiriladi. Avtomashinada qo‘shni davlatdan olib o‘tilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 88,5 million so‘mlik yondirgich (zajigalka), elektor hisoblagich, gaz hisoblagich va qo‘lqoplar borligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida aynan shu hududda fuqaro O.O. boshqaruvidagi yana bir “Labo” rusumli avtomashina tekshirilganda unda qiymati 53 million so‘mlik tegishli hujjatlari bo‘lmagan  24 dona televizor borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech