21 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Xavfsizlik
1 Fevral  2019 1336

133 million so‘mlik noqonuniy maishiy texnika vositalari aniqlandi

 Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda 2 turdagi maishiy texnika vositalarini noqonuniy olib kirilishiga doir yana bir bojxona qoidabuzarligi fosh etildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqaro O.Z. boshqaruvidagi “Mersedes-Bens Sprinter” rusumli yuk avtomashinasi Namangan viloyati  Yangiqo‘rg‘on tumanida tekshirilganda undan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 133 million so‘mlik 57 dona rangli televizor hamda 2 dona mikroto‘lqinli pech borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech