17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,2 °C

Xavfsizlik
22 Iyul  2019 436

132 million so‘mlik noqonuniy olib kirilayotgan dori vositalari to‘xtatildi

Bojxona chegaralari orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarini jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish hamda olib chiqishning o‘z tartib va me'yorlari mavjudligiga qaramasdan ba'zi fuqarolar tomonidan mo‘may daromad orttirish maqsadida huquqbuzarlik holatlari sodir etilmoqda, deya ma'lum qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Samarqand xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro A.S. “yashil” yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilarda shubha uyg‘otadi. Fuqaro belgilangan tartibda tekshirilganda uning yuklari orasida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan umumiy qiymati 132 million so‘mdan ortiq bo‘lgan in'eksiyalar uchun eritmalar ko‘rinishidagi 100 dona “Dysport 500U” nomli dori vositalari borligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib,  tekshiruv harkatlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar in'eksiyalar uchun eritmalarni  10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib kirish yoki olib chiqishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech