20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,3 °C

Xavfsizlik
17 May  2019 903

1,3 milliard so‘mlik iste’molga yaroqsiz sariyog‘ savdosiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.Sh. YaTT «A.B»ning muhridan foydalanib, uning nomidan soxta yuk-xatini tayyorlagan, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ushbu uddaburon Litva davlatida ishlab chiqarilgan, iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 550 kg. sariyog‘ni har bir kilogrammini 56 ming so‘mdan hisoblab 30,8 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir jarayonida, J.Sh.ning ko‘rsatmasi bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Z-T» MChJ omborxonasi ko‘zdan kechirilganda Litva davlatida ishlab chiqarilgan iste'mol qilish muddati o‘tgan jami 22.450 kg sariyog‘ mavjudligi shuningdek, «I-F» MChJ tomonidan mazkur omborxonadan 625 kg. sariyog‘ «O‘rikzor» savdo majmuasi hududida savdoga qo‘yilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tkazilgan laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra ushbu sariyog‘ mahsulotlari iste'molchilarning hayoti va xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Tadbir yakuni bo‘yicha, umumiy narxi 1,3 mlrd. so‘mlik jami 23.625 kg iste'mol qilish muddati o‘tgan sariyog‘ mahsulotlari olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan J.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech