22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Biznes
24 Iyun  2020 981

121 ming dollarlik tarvuz eksporti

Qiymati 120 ming dollardan ziyod tarvuz mahsuloti eksportga yoʻnaltirildi.

Davlat statistika qoʻmitasining axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, joriy yil 1-iyun holatiga koʻra, qiymati 121 ming dollarga teng 190,5 tonna tarvuz xorijga eksport qilindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Mamlakatimizda yetishtirilayotgan tarvuz eng koʻp qoʻshni Qozogʻistonga (113,5 tonna) eksport qilingan. Joriy koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 11,2 tonnaga koʻpdir.

Bundan tashqari yurtimizda yetishtirilgan tarvuzlar Qirgʻiziston, Rossiya hamda Tojikiston bozorlariga ham yoʻnaltirilgan. Hozirgi kunga qadar Rossiyaga 38,3 tonna, Qirgʻizistonga 38,4 tonna va Tojikistonga 0,3 tonna poliz mahsuloti yetkazib berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech