17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,8 °C

Mamlakatimizda
27 Mart  2019 799

120 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari eshitilib, aksariyati joyida hal etildi

Farg‘ona viloyati ikkinchi sektori – viloyat prokurori tomonidan Uchko‘prik tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

 

Tumandagi 9 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu sektor hududida bo‘lib, hududda 39 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Fuqarolar, davlat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashgan mazkur tadbirda murojaatlar, asosan, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta'mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi. Ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Masalan, “Sherobod” qishlog‘ida yashovchi F.Karimova ishga joylashtirish, “Mexnatrohat” qishlog‘ida yashovchi A.Imomovani tomorqasini haydash va mevali daraxt ko‘chatlari bilan ta'minlash, “Urganji” qishlog‘ida yashovchi M.Keldiyev uy-joy bilan ta’minlash, “Xasanqora” qishlog‘ida yashovchi M.Mahmudovani sud hukmidan norozi bo‘lib, “Qatag‘on” qishlog‘ida yashovchi B.Raxmonov buzilgan binosi uchun kompensatsiya to‘lovini to‘lab berish, “Sho‘x” qishlog‘ida yashovchi Z.Ortiqov ichimlik suvi tarmog‘i tortish, “Jaloyer” qishlog‘ida yashovchi Z.Oxunova kredit ajratishda yordam so‘rab murojaat qildilar.

– Tikuvchilik seximni kengaytirish maqsadida qo‘shimcha uskuna sotib olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim etsamda, menga kredit ajratilmayapti, – deya murojaat qildi “Anhor” ko‘chasida yashovchi M.Mamajonova. – Ommaviy axborot vositalari orqali sayyor qabul tashkil etilganligini bilib, shu muammoga yechim topishlarini so‘rab keldim.

Tadbirkorning murojaati tegishli idoralar vakillari ishtirokida o‘rganilib, masala ijobiy hal etildi.

– 1-guruh nogironi bo‘lgan turmush o‘rtog‘imga nogironlik aravachasi olish uchun tegishli idoraga qilgan murojaatim hal etilmayapti, sayyor qabul davomida turmush o‘rtog‘im uchun nogironlik aravachasi berildi, – deydi “Jaloyer” qishlog‘ida yashovchi fuqaro R.Salimova.

Ushbu sayyor qabul davomida 120 nafarga yaqin fuqarolarning turli masalalarga doir murojaatlari eshitilib, ulardan aksariyatini joyida hal etish choralari ko‘rildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech