20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Ijtimoiy hayot
16 Iyul  2019 529

12 nafar mahkum jazodan ozod etilib, oilasi bag‘riga qaytarildi

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni joyida bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Oliy sud raisining o‘rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari tomonidan Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Kasbi tumanlarida sayyor qabul o‘tkazildi, deb xabar bermaqda Oliy sud matbuot xizmati.

Sayyor qabullarda 99 nafar fuqaroning sudga oid murojaati tinglanib, 31 nafar murojaatchining arizalari viloyat va Oliy sud sudlov hay'atlarida ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi, 38 nafar murojaatchiga huquqlari tushuntirildi. 11 ta murojaat joyida hal etildi. 9 ta murojaat o‘rganishda ekanligi aytildi. 

Sayyor qabulda tashkil etilgan sud majlislarida 11 nafar fuqaro Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan axloq tuzatish jazosini o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 10 nafar fuqaroga JK 74-moddasiga asosan tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi, 12 nafar fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib, oilasi bag‘riga qaytarildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech