29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Ijtimoiy hayot
11 May  2020 407

117 mingdan ziyod yoshning bandligi taʼminlandi

Prezident Xalq qabulxonalari qishloq yoshlari bandligini taʼminlamoqda.

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan Yoshlar ittifoqi va sektorlar bilan hamkorlikda yoshlar muammolari bilan ishlash, ayniqsa, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda har bir hududda “Manzilli reja” va “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, mahalliy kengashlar sessiyalari qarorlari bilan tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar ijrosi doirasida mamlakatimiz boʻyicha jami 117 ming nafardan ziyod yoshning bandligi taʼminlandi.

Xususan:

- qishloq xoʻjaligida qariyb 40 ming 70 nafar,

- tadbirkorlik sohasida 17 ming 520 nafardan ortiq,

- jamoatchilik ishlarida 22 ming 550 nafardan koʻproq,

- qurilish sohasida 5 ming nafardan ziyod,

- 139 ta quduq qazildi;

- 122 ta suv nasosi oʻrnatildi;

- 38 ta nasos taʼmirlandi;

- 20 ta drenej qurildi;

- 2 ta drenaj taʼmirlandi;

- 95 kilometr suv novlari yangidan tortildi, 42 kilometr qismi taʼmirdan chiqarildi;

- 224 kilometr kanal va ariqlar tozalandi.

boshqa soha va yoʻnalishlarda 29 ming 800 nafardan ortiq, shu jumladan, vazirliklar, qoʻmitalar, uyushmalar va boshqa tashkilotlar tizimlarida 16 ming 297 nafar yoshlar ishga joylashtirildi.

Shular qatorida 2 ming 61 nafar yosh turli kasblarga qayta oʻqitildi.

Yoshlarning tadbirkorlikka oid 9 ming 157 loyihasi uchun tijorat banklari 357,5 milliard soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratdi.

«Har bir yoshga – bir gektar» loyihasi doirasida 15 ming nafardan ziyod yoshlarga 29,3 ming gektar yer ajratildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 10 ming 223 ming nafar ishsiz farzandlarini birlashtirgan 266 ta ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi. Mazkur kooperativlarga aʼzolik badallari uchun 28,5 milliard soʻm subsidiya ajratildi.

Xalq qabulxonalari, hududiy sektorlar rahbarlari yordamida kooperativlar tomonidan qir-adir va choʻl hududlardagi yerlarda 1 ming 922 ming gektar qoʻriq ochildi, ekinzor hisobidan chiqarilgan 5 ming 368,3 gektar yer qayta ekin maydonlariga qoʻshildi.

Yangi ochilgan va qayta ekinzorga aylantirilgan yerlarni sugʻorishmaqsadida:

Prezident Xalq qabulxonalarining bu yoʻnalishdagi ishlari davom etmoqda. Ular haqida qoʻshimcha xabardor beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech