05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24 °C

Kеyingi avlod
26 Dekabr  2019 1762

11 mingga yaqin bolajonga “Prezident sovg‘asi” topshiriladi

Mamlakatimizda har yili Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3-15 yoshli farzandlari uchun “Prezident archasi” bayram tantanalari tashkil etiladi.

Mazkur tadbirni mazmunli, ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda “Prezident archasi” tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshiriladi.

An'anaga ko‘ra, “Prezident archasi”da bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” topshiriladi. Bu yil 11 mingga yaqin bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” taqdim etiladi, deb xabar qiladi XTV matbuot xizmati.

Joriy yilda “Prezident sovg‘asi”ning tarkibi qayta ko‘rib chiqildi. O‘tgan yili bolalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan 11 nomdagi o‘quv qurollari va 17 nomdagi shirinliklardan iborat sovg‘a taqdim etilgan edi. Bu yil esa “Prezident sovg‘asi”dan maxsus sovg‘alar qopchig‘i bilan 6 nomdagi o‘quv qurollari, 20 nomdagi shirinliklar, yumshoq o‘yinchoq va shaxmat joy olgan.

26 dekabr kuni avtotransportda Toshkent shahri (2334 dona), Toshkent (1260 dona), Sirdaryo (274 dona), Jizzax (346 dona) viloyatlariga jami 4214 dona “Prezident sovg‘a”si olib boriladi.

Bundan tashqari, 25-28-dekabr kunlari 6428 dona “Prezident sovg‘a”si “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlari orqali jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 9 ta viloyatga yetkaziladi.

“Prezident sovg‘a”si 29-dekabr kuni o‘tkaziladigan “Prezident archasi” tadbirida bolajonlarga mahalliy hokimliklar va Respublikadan biriktirilgan vakillar ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech