22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Xavfsizlik
11 Yanvar  2019 1435

1,1 milliard so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari aniqlandi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari tezkor xodimlari bilan hamkorlikda katta miqdordagi tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Qo‘mita matbuot xizmatining yozishicha, fuqaro M.I. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina shubhali bo‘lib, kuzatuvga olinadi. Mazkur avtomobil Mirobod tumanida istiqomat qiluchi fuqaro A.Sh. xonadoni yonida to‘xtagach xonadon va avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi.

Tekshiruv natijasida A.Sh.ning uyi yerto‘lasidan 13 xil nomdagi 13 ming 509 quti, avtomashinadan esa 7 xil nomdagi 11 ming quti xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati 1,1 milliard so‘mlik jami 24 ming 509 quti sigaretlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech