23 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,5 °C

Mamlakatimizda
23 Oktyabr  2019 488

Qarshidagi institutning 105 nafar talabasi nima uchun kursdan qoldirilgan?

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining bir guruh talabalari 2018/2019 o‘quv yilining ikkinchi semestrda belgilangan fanlarni o‘zlashtirolmagach, kursdan qoldirilgan. Bundan norozi talabalar “Adolat bo‘lsin” (!) nomli telegram kanali ochib, kafedra mudiri Z.Sunnatov yozgi semestrda bo‘lgan imtihon natijalarini adolatsiz baholagan va shaxsiy adovati tufayli 160 nafar talabani nohaq kursdan qoldirdi, deya shikoyat qilishgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining ma'lum qilishicha, institutdagi 6 ta fakultetdan 5 tasida talabalarni kursdan qoldirish bo‘yicha buyruq chiqarilgan. Faqat murojaatda yozilganidek, 160 nafar emas, balki 105 nafar talaba fanlarni o‘zlashtira olmagani (akademik qarzdor bo‘lgani) uchun institut rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldirilgan.

Talabalar xolisligiga shubha qilgan Z.Sunnatov mudirligidagi “Foydali qazilma konlar geologiyasi va qidiruv razvedkasi” kafedrasi tomonidan 42 nafar talaba o‘qituvchining ularga nisbatan shaxsiy adovati tufayli emas, aksincha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga ko‘ra kursdan qoldirilgan.

Institut ma'muriyati akademik qarzdorligi bor talabalarga fanlarni o‘zlashtirishi va o‘qishni davom ettirishlari uchun to‘rt marotaba (!) imkoniyat bergan, ularning ota-onalarini ogohlantirgan, imtihonlarni qayta topshirishlari uchun zarur sharoit yaratgan. Afsuski, talabalar berilgan imkoniyatni suiste'mol qilishgan.

Institut rektori norozi talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashgan. Kursdan qoldirilganlar orasida fanga aloqador savollarga javob berish u yoqda tursin, hattoki o‘zi tahsil olayotgan ta'lim yo‘nalishi yoki fanning nomini to‘liq aytib berolmaydigan talabalar ham bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech