19 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,2 °C

Mamlakatimizda
6 Fevral  2020 2604

«101 vatandosh izidan» loyihasiga start berildi

1942-yilning 9-aprel kuni Niderlandiyaning Amersfort shahrida 101 o‘zbek askarlari fashistlar tomonidan qatl qilingan.

Ularning taqdiri uzoq vaqt davomida noaniq bo‘lib qolgan edi. Endilikda yaqin vaqtgacha «maxfiy» tamg‘asi bosilgan arxiv hujjatlari mardonavor kurashgan 101 nafar o‘zbek askarlarining jasorati haqida dalolat bermoqda.

Ikkinchi Jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan o‘zbekistonliklarning ismlarini abadiylashtirish, yosh avlodni ular ko‘rsatgan jasoratlari misolida tarbiyalash, Niderlandiyaning Amersfort shahridagi konslagerning barcha dahshatlariga qaramay, o‘zligini saqlab qolgan 101 vatandosh ismlari va tarixini qayta tiklash maqsadida «Yuksalish» umummiliy harakati va Navoy viloyati ihokimligi tomonidan «101 vatandosh izidan» loyihasiga start berildi.

Loyiha muallifi — navoiylik faol — Jonibek Shuxratovning aytishicha, o‘sha yillarda mardlik ko‘rsatgan vatandoshlarimiz duch kelgan voqyealarni to‘liq o‘rganish, ular haqida keng jamoatchilikka, ayniqsa yoshlarga axborot berish vaqti keldi. Bu, albatta, katta mardlik maktabi va fahr manbai bo‘lishi lozim. Vaqt o‘tishi bilan esa ushbu mangu qadriyatlarning qiymati oshib boraveradi. Shu bilan birga, ushbu tashabbus fuqarolarni Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi atrofida birlashtirish, ayniqsa fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi arafasida millatchilik va zo‘ravonlikka qarshi immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi.

«101 vatandosh izidan» loyihasi ishchi guruhi 6-fevral kuni O‘zbekiston — Germaniya — Niderlandiya — Polsha — Belarus — Rossiya —O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha ekspeditsiyaga jo‘nab ketadi, deya xabar beradi «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech