05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Mamlakatimizda
15 May  2020 1360

«Saxovat va koʻmak» Moskvada

 Oʻzbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi xayriya aksiyasi oʻtkazdi.

2020-yil 14-mayda Oʻzbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi saxiy vatandoshlarimiz koʻmagida ikkita katta qozonda oʻzbekona palov tayyorlab, “#Rahmat!” xayriya aksiyasini oʻtkazdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Jumladan, “Insonlar hayotini qutqarayotganingiz uchun #rahmat!” loyihasi doirasida oʻzbek milliy taomi Moskva shahrining turli tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan koʻp sonli rossiyalik shifokorlarga ham tarqatildi.

Shuningdek, “Oʻzini oʻzi yakkalash tartibiga amal qilayotganingiz uchun #rahmat!” shiori ostida Rossiya poytaxtidagi xostellarda charter reyslari tashkil etilgunga qadar Elchixona tomonidan joylashtirilgan oʻzbekistonliklarga osh yetkazib berildi. Shuni qayd etish joizki, oʻzbekona palov tarqatilgan vatandoshlarimiz orasida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib, Rossiya hukumati talablariga binoan, oʻzini oʻzi yakkalash tartibiga oʻtgan hamda shifokorlar nazorati ostida davolanayotgan fuqarolarimiz ham mavjud.

“#Rahmat!” aksiyasi Oʻzbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Saxovat va koʻmak” tashabbusi doirasida vatandoshlarimizga yordam berish maqsadida olib borilayotgan ishlarning davomi boʻldi. Har kuni mehnat migrantlariga, talabalarga va boshqa fuqarolarimizga oziq-ovqatlar, dori-darmonlar va gigiyena vositalari yetkazib berilishi yoʻlga qoʻyilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech