04 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Ta'lim
15 Fevral  2020 3927

10 ta oliy ta’lim muassasasiga yangi rahbarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi 82-sonli «Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida» qarori bilan yurtimizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

 

Ular quyidagilar: 

- Alisher Yusubjanovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

- Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdugani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

- Baxodir Boypulotovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdievich Daniyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

- Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

- Botir Shukurillaevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuxrat Axmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

- Azamat Muxitdinovich Shamsiev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

- Jasur Alimdjanovich Rizaev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

- Orifjan Shadievich Bazarov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Maxmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

- Sharibboy Tulanovich Ergashev Namangan muhandislik-qurilish institutining  rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Shukurjon Sharipovich Kenjaboev ushbu lavozimdan ozod qilindi.

- Mamirjon Yusupovich Atadjanov Qo‘qon davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Azizjon G‘ulomjonovich Eminov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

- Abdullajon Kadirovich Xamrakulov Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori - Filial direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech