21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,2 °C

Energetika
22 Avgust  2019 843

1 ming 763 nafar tabiy gazdan noqonuniy foydalangan iste'molchi aniqlandi

«O‘zneftegazinspeksiya» tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tekshiruvlarida tabiiy gaz iste'moli bilan bog‘liq qator qonunbuzarliklar aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 1 yanvardan 15 avgustgacha tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 1 ming 763 nafar iste'molchi aniqlandi. Aybdorlarga tegishli chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga topshirilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra noqonuniy tarzda foydalanilgan gaz miqdori 39 mln. 780 ming kub. metrni ya'ni 40 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Birgina avgust oyining birinchi 15 kunida tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 187 ta ulgurji iste'molchi aniqlangan bo‘lib, noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 3 mln. 200 ming kub. metrni, shunindek 3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Misol uchun, Navoiy viloyatining, Karmana tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi «Bahor Inter Aziya» korxonasi tomonidan 417 ming kub metr gaz o‘g‘irlagan, shu bilan birga Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Jarqo‘rg‘onneft» AJga qarashli «Qumqo‘rg‘on Estakadasi»da 213 ming metr kub gazni qonunga zid tarzda iste'mol qilingan, shu kabi holatlar ohak ishlab chiqaruvchilari tomonidan sodir etilib jumladan, «Qirobod mavjlari» MChJ (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani) 75 ming kub metr gazni talon-taroj qilgan, «Orbita globus» MChJ (Toshkent shahri, Yashnobod tumani) tomonidan 219 ming kub metr gaz o‘g‘irlangan va “Domteks” MChJ tomonidan (Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani) 330 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma'lum bo‘ldi.

Mamlakatimizning boshqa hududlarida yuqoridagi kabi qonunbuzarliklarni sodir etgan 101 ta iste'molchi fosh etilib, o‘g‘irlangan qimmatbaho tabiiy gaz miqdori 1 mln. 396 ming kub. metrni tashkil etishi aniqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech