22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Biznes
26 Iyun  2020 826

1 million 579 ming dollarga eksport

“Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Samarqand viloyatida tadbirkorlar tomonidan 1 million dollardan ortiq qiymatdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportga yoʻnaltirildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Ayni kunlarda Samarqand viloyatida paxta, gʻalla va meva-sabzavotchilik yoʻnalishida 40 dan ortiq klaster korxonalari faoliyat yuritayotgan boʻlib, natijada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyati tobora ortib bormoqda.

Jumladan, “Bulungʻur-Sandvik” masʼuliyati cheklangan jamiyati yetishtirilgan mahsulotni sanoat usulida qayta ishlash orqali eksport qilishga ixtisoslashgan yirik klaster korxonalaridan biridir. Ushbu korxona tomonidan 2019-yilda 5 million 955 ming dollar miqdorida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari Rossiya, Germaniya, AQSH singari koʻplab davlatlarga eksport qilingan.

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi asoratlarini bartaraf etish, respublikamizning eksport salohiyatini yana-da yuksaltirishga munosib hissa qoʻshish maqsadida joriy yilda 8 million dollardan ziyod mahsulot eksportga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar, 1 million 579 ming dollar miqdoridagi karam, ismaloq, turli koʻkatlar kabi mahsulotlar AQSH, Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilingan.

Ayni vaqtda Klaster korxonasi tomonidan Bulungʻur tumanida 341 gektar, Tayloq, Urgut va Jomboy tumanlaridagi fermer xoʻjaliklariga qarashli 1 ming 100 gektar maydonda bulgʻor qalampiri, karam singari eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari parvarishlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech