02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,2 °C

Mamlakatimizda
17 Aprel  2019 1702

1-iyulgacha sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari (schyotchik) xatlovdan o‘tkaziladi

Hukumat qarori (309-son, 13.04.2019 y.) bilan Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni belgilashda iste’molchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini butunlay qoplash nazarda tutiladi.

Shuningdek, suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirish xarajatlari ham hisobga olinadi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-iyulgacha barcha iste’molchilarning sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari (schyotchik) xatlovdan o‘tkaziladi.

2019-yil 1-avgustgacha Sovuq va issiq suvni hisobga olish priborlarini o‘rnatish dasturi ishlab chiqiladi.

Hokimlar 2019-yil 1-iyulgacha aholining ichimlik suvni iste’mol qilish normativlarini qayta ko‘rib chiqishi lozim.

Nizomga muvofiq, suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari uy-joy kommunal xizmat ko‘satish organlari bilan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Moliya vazirligiga (moliya organlari) murojaat qiladi.

Tariflar Moliya vazirligi tomonidan tegishli organlar taqdim qilgan ma’lumotlar asosida deklaratsiya qilinadi (tasdiqlanadi).

Tariflarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror u kuchga kirishidan 15 kun oldin e’lon qilinishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech