16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,1 °C

Mamlakatimizda
12 Iyul  2019 970

1-avgustdan oyliklar 10 foizga oshirildi

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

 

Farmon bilan 2019-yilning 1-avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,1 (10%)  baravar oshirildi.

2019-yilning 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston  hududida eng kam:

- ish haqi – oyiga 223 000  so‘m;

- yoshga doir pensiyalar – 436 150 so‘m;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150  so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so‘m miqdorida belgilandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech