25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,1 °C

IT-xabarlar
30 Mart  2019 778

1-apreldan yurtimizdagi GSM-operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan mobil qurilmalar avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi

Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Aloka tarixi muzeyida mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va mobil qurilmalarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 22 milliondan ziyod mobil aloqa abonentlari, shuningdek, 16 milliondan ko‘proq mobil internet foydalanuvchilari mavjud. Respublikamizdagi mobil aloqa tizimi AKT sohasining barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishda ulkan ahamiyatga ega.

Anjumanda respublikamiz uchun yangi bo‘lgan xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish taqdimoti o‘tkazildi. Mobil qurilmalarni hisobga olish tizimining joriy etilishi mamlakatimizda 2019-yilning 1-aprelidan boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tizimining operatori sifatida “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” Davlat unitar korxonasi belgilangan bo‘lib, uning negizida mobil qurilmalarni hisobga olish va ro’yxatdan o‘tkazish tizimi o‘rnatilgan. Ushbu tizim O‘zbekiston Respublikasining barcha GSM-operatorlari tarmoqlariga ulangan bo‘lib, ular o‘rtasida “onlayn” rejimida o‘zaro ma'ulumot almashish imkonini beradi.

– Mahalliy GSM-operatorlar tarmog‘ida o‘zining mobil qurilmasidan foydalanayotgan abonentlardan ularga tegishli qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hech qanday harakat talab etilmaydi, ro‘yxatga olish harakatlari tizim operatori va aloqa operatorlari tomonidan amalga oshiriladi, – deydi “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK bo‘lim boshlig‘i Shavkat Giyasov. – Hisobga olish va qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi nima uchun kerak, degan savol tug‘ilishi mumkin. Birinchidan, kontrafakt qurilmalarni – ya'ni IMEI-kodi qurilmaning modeliga muvofiq kelmaydigan qurilmalarni cheklash, ikkinchidan, o‘g‘irlanganlik yoki yo‘qotganlik sababidan “qora ro‘yxat”ga kirib qolgan qurilmani aniqlash va bojxona nazoratidan o‘tmagan qurilmalarni aniqlash imkonini beradi. Telefon sotib olishdan avval qurilma IMEI-kodi maqomini to‘g‘riligini UZIMEI.UZ tizimining rasmiy saytida (*#106# IMEI-kodi) tekshirib olish tavsiya etiladi.

Shuningdek, anjumanda hududlarda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, aholiga hamda korporativ mijozlarga kursatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va infratuzilmalarini modernizatsiyalash masalalari ham muhokama etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech