15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
31 Yanvar  2019 2836

«The Guardian» O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishning tejamkor variantlarini taklif etadi

«The Guardian» bir oy davomida mamlakatni tomosha qilish imkonini beruvchi O‘zbekiston bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishi sarf-xarajatlari (byudjeti)ni elon qildi. Uning muallifi Qora dengiz va Markaziy Osiyo bo‘ylab sayyohatlari haqida kitoblar yozgan Kerolin Idendir.

Maqolada mamlakatimizga kirish va aylanib chiqish birmuncha osonlashgani keltiriladi. Shuningdek, qog‘ozbozliklar bilan bog‘liq bosh og‘riqlarning kamligi, ingliz tilida bemalol so‘zlasha oladigan gidlarning ko‘pligi, temir yo‘l tarmoqlarining mavjudligi, va eng asosiysi, ko‘pgina yevropa davlatlariga vizalarning bekor qilinishi ham tilga olingan.

Muallif O‘zbekistonga, shuningdek, Toshkentga ham, istalgan qo‘shni davlatlardan kirishni taklif etadi. Poytaxtning diqqatga sazovor joylari sifatida Amir Temur haykali, Toshkent metropoliteni, Amaliy san'at muzeyi va Chorsu bozorini keltiradi va Toshkentning o‘zida bir necha kun qolishni tavsiya etadi.

«The Guardian» «Yodgorlik» fabrikasi va Qumtepa bozorini ko‘rish uchun poezdda Marg‘ilongacha borishni, so‘ng tarixiy joylarni tomosha qilish uchun Qo‘qonga o‘tishni, kulolchilik san'ati blan tanilgan Rishtonga tashrif buyurishni taklif etadi. Shuningdek, bunda Rishton kulolchilik muzeyiga qadam ranjida qilishni ham unutmaslikni so‘raydi. Keyingi bekat – Andijon. Kerolin Iden mahalliy qovunlar ta’mini tatib ko‘rishni tavsiya etadi.

«The Guardian»ning navbatdagi yo‘nalish nuqtasi trekking va chang‘ida uchish uchun Chimyonga borish.

Temir yo‘llar tarmog‘ining tobora kengayib va rivojlanib borayotganini ta’kidlagan Buyuk Britaniya nashri «ko‘kka bo‘y cho‘zgan zumradrang mayolikali mahobatli machit va madrasalarni tomosha qilish uchun» Samarqandgacha tezyurar «Afrosiyob» poezdida yetib olishni maslahat beradi.

Nurota tog‘lari, Kerolin Idenning aytishicha, piyoda yurish va o‘tovli lagerlarda yashashni yoqtiradiganlarga juda mos kelar ekan.

Nashr Buxoroni «O‘zbekistondagi eng romantik shaharlardan biri», deb atab, ushbu shaharda bir necha kun to‘xtab o‘tishni tavsiya qiladi

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlar uchun keyingi manzillar Urganch, Xiva, so‘ng Nukus shaharlaridir. Nashr Nukusdagi Savitskiy nomli muzeyga hech bo‘lmaganda yarim kun vaqt ajratishni tavsiya etadi. Shuningdek, «Mo‘ynoqqa borib, kemalar qabristonini ko‘rishni ham unutmang», deya keltiriladi nashrda.

Muallif mamlakatda mehmonxonalarning ko‘pligini, biroq oldindan joyni bron qilib qo‘yishni maslahat beradi. «The Guardian»da o‘zbek oshxonasi, jumladan, palov haqida ham ma’lumot keltirgan.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech