21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Sport
13 Iyun  2019 1130

Ravshan Ermatov O‘FA Birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlashi mumkin

FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri ishonchli manbalariga tayanib.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tez orada O‘FA ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda Ravshan Ermatov nomzodi ko‘rsatilishi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Ammo Ramatov hukumatda va Transport vaziri sifatida ham ish olib borishi sababli odatda o‘zbek futboliga O‘FAda birinchi vitse-prezidenti javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov iste'foga chiqarilgani haqida xabar bergandik. O‘FA rasmiy saytiga ko‘ra, Ahmadjonovning o‘zi ariza yozgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech