21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,6 °C

Bilasizmi?
9 Yanvar  2019 1682

Mamlakatdan chiqyapsizmi, soliq to‘laysiz

Yaponiya mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etdi. Soliq 1000 iyenaga (9 dollar atrofida) teng, deya xabar tarqatdi «Nikkei Asian Review».

Ushbu soliq samolyot yoki kema chiptasi narxiga qo‘shiladi. Mazkur yig‘im xorijliklar va yaponiyaliklar uchun ham birday taalluqli.

Mamlakatda bir sutkadan kam to‘xtaydiganlar va ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar mazkur soliqdan ozod. Elchilar va davlat mehmonlaridan ham boj olinmaydi.

Nashrda keltirilishicha, so‘nggi 27 yil ichida bu Yaponiyada joriy etilgan birinchi soliqdir. Ana shu yo‘l bilan va xorijiy sayyohlar hisobiga davlat g‘aznasi to‘ldiriladi. 2018-yilda Yaponiyaga 30 million xorijlik tashrif buyurgan.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech