19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Sport
7 Fevral  2019 1505

Ispaniya kubogi. Final yo‘llanmasi Madridda hal bo‘ladigan bo‘ldi

Bugun tunda Ispaniya kubogi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi juftlik, Ispaniyaning ikki garnd jamoasi Barselona hamda Real maydonga tushishdi. O‘yin Barselona maydoni  “Nou Kamp” stadionida bo‘ldi.

Futbol muxlislariga yaxshi ma’lum “El Classico”lar doimo qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘ladi. Bu galgisi ham avvalgilaridan qolishmadi. O‘yinning dastlabki daqiqalaridan jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etishdi. Realning hujumlari keskinroq tus oldi va 6-daqiqada Lukas Vaskes mehmonlarni oldinga olib chiqdi 0:1. Shundan so‘ng ikkala tomon darvozalariga ham hujumlar bo‘lib turdi, ammo birinchi bo‘lim shu hisob bilan tugadi.

Ikkinchi bo‘limda Barselona o‘yinini kuchaytirdi. Hujumlarning birida Keylor Navas to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va mana shu xavfli vaziyat gol bilan yakunlandi. Malkom to‘pni aniq darvozaga yo‘llab hisobni tenglashtirdi 1:1. O‘yinning qolgan qismi tezkor va xavfli hujumlarga boy bo‘ldi. Ammo ikkala jamoaning ham urinishlari golsiz yakunlanaverdi. Darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, javob uchrashuvi 27 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.  

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech