14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,1 °C

Moliya
28 Dekabr  2018 2878

Ortiqcha to‘langan pensiya summasi qoldiqlari hisobdan chiqariladi

O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvar holatiga pensiyalarni to‘g‘ri to‘lash bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan fuqarolarga ortiqcha to‘langan pensiya summasi qoldiqlari hisobdan chiqariladi. Bu Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Mazkur ko‘rsatmaning bajarilishi Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalarni to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech