USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Shaxmat: o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ilk oltin va kumush medali qo'lga kiritildi

Дата публикации: 02 04 2018

Joriy yilning 1 aprelь kuni Tailandning Chaingmay shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati dasturidagi rapid yo'nalishi nihoyasiga etdi deb xabar beradi kun.uz.


O'zbekiston Shaxmat federatsiyasining xabar berishicha, musobaqa 7 turdan iborat shveytsarcha tizimda tashkil etilgan bo'lib, natijalarga ko'ra, 16 yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida Abdimalik Abdisalimov 35 nafar sportchi o'rtasida oltin medalni qo'lga kiritdi. 
       
8 yoshgacha qizlar o'rtasida Toshkent shahri vakilasi Odina Olimova 43 nafar sportchi o'rtasida Osiyo chempionati kumush medalini qo'lga kiritdi.
        
Shuningdek,12 yoshgacha qizlar o'rtasida Umida Omonova umumiy hisobda 4-o'rinni egalladi.  

Qayd etilishicha, 2 apreldan musobaqaning standart yo'nalishi bo'yicha bahslar davom etadi.

Количество просмотров

242

Янгиликлар лентаси