USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Samvel Babayan Latviya chempionining bosh murabbiyiga aylandi

Дата публикации: 28 03 2018

Ketma-ket ikkinchi yil Latviya chempioniga aylangan "Spartak" Yurmala jamoasini endilikda o'zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayan boshqaradi, deb xabar qiladi Championat.asia.


Nashr tarqatgan xabarga ko'ra, yangi jamoada unga Viktor Jalilov hamda Grigoriy Kolosovskiy yordamchi murabbiy sifatida ko'maklashishadi.

Xabaringiz bor, Samvel Babayan futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirilgandi. Latviya futbol federatsiyasidan ma`lum qilinishicha, O'FA Ijroqumi 1 fevralь kuni Babayandan diskvalifikatsiyani olib tashlagan. Shu boisdan ham Samvel Babayan endilikda xorijda murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin.

"Spartak" Yurmala Latviya chempioni sifatida kelasi mavsumda EChL saralash bosqichidan o'z ishtirokini boshlaydi. Samvel Babayan EChL doirasidagi o'yinda ishtirok etadigan ilk o'zbekistonlik mutaxassisga aylanishi mumkin.

Babayan 1 aprelь kuni Latviya chempionatidagi o'z debyutini "Elgava" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Количество просмотров

284

Янгиликлар лентаси