USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Foto: “O'zbekiston yili”ga atalgan velomarafon bo'lib o'tdi

Дата публикации: 25 03 2018

Ma`lumki, 2018 yil Qozog'iston Respublikasida “O'zbekiston yili” deb e`lon qilingan.


Ikki davlat o'rtasida do'stlik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida turli tadbirlar, jumladan, sport musobaqalari tashkil qilish ham rejalashtirilgan.
 

Foto: “O'zbekiston yili”ga atalgan velomarafon bo'lib o'tdi




 
Kecha, 24 mart kuni ana shunday musobaqalardan biri start oldi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ko'magida havaskorlar o'rtasida velopoyga tashkil etildi.
 
Turnir starti Qozog'iston Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasining yangi binosida tashkil qilindi.




 
Soat 10:00da start olgan velopoygada Qozog'istondan 114, O'zbekistondan esa 40 nafar havaskor sportchilar ishtirok etishdi. Yo'nalishning umumiy masofasi 130 km ni tashkil etdi.
 
Marafon ishtirokchilari esa oradan ko'p vaqt o'tmay Chimkent shahriga etib borishdi.

Akmalxon Eshonxonov

Количество просмотров

314

Янгиликлар лентаси