Дата публикации: 23 03 2018
Marokashning Kasablanka shahrida Senegal va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.
Mazkur uchrashuvning birinchi bo'limida Otabek Shukurov 21-daqiqada penalьtidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda senegallik futbolchilar bir qator xavfli vaziyatlarni uyushtirib, 63-daqiqada hisobni tenglashtirdilar. Ushbu golga Mussa KonateKonate mualliflik qildi.
Endi O'zbekiston terma jamoasi 28 mart kuni Marokash termasiga qarshi o'yin o'tkazadi.