USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Go'zal gimnastikachilarimiz saralandi

Дата публикации: 15 03 2018

Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi.


Go'zal gimnastikachilarimiz saralandi
Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun o'tkazilgan chempionatda  mamlakatimizning barcha hududidan 150 nafardan ortiq sportchi g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashdi. 

Chempionatning ko'pkurash bellashuvlarida Sabina Toshkenboeva birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Diyora Burxonxo'jaeva ikkinchi, Nuriniso Usmonova uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Halqa yo'nalishida Diyora Burxonxo'jaeva oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, koptok bilan mashq bajarishda Tatьyana Kim barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Bulavada Asal Ikromovaga hech kim teng kela olmadi. Tasmada Sabina Toshkenboeva chempionat g'olibi deya e`tirof etildi. 

O'zbekiston milliy matbuot hizmatidan xabar qilishlaricha umumjamoa hisobida Toshkent shahri birinchi bo'ldi. Ikkinchi o'rinni samarqandlik gimnastikachilar egalladi. Uchinchi o'rin esa navoiylik sport malikalariga nasib qildi. 

Количество просмотров

299

Янгиликлар лентаси