USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Xalqaro musobaqada O'zbekiston sharafini Toshkentning Vestminster universiteti jamoasi himoya qiladi

Дата публикации: 09 02 2018

Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetida 8 fevralь kuni Filipp Jessop nomidagi Xalqaro huquqshunoslar musobaqasining milliy raundi bo'lib o'tdi, deb xabar beradi O'zA.


AQShning Vashington shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro musobaqada O'zbekiston sharafini Toshkentning Vestminster universiteti jamoasi himoya qiladi

Unda huquqshunos kadrlar tayyorlovchi 3 oliy ta`lim muassasasi – Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoalari o'zaro bahslashdi.

– Globallashuv sharoitida integratsiya jarayonlari tobora jadallashayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz, – deydi hakamlar hay`ati raisi, polьshalik ekspert, professor Vladislav Tsaplinskiy. – Bu xalqaro huquq me`yorlari bilan bog'liq amaliyotlarning o'zaro tinchlik va barqarorlikni ta`minlashdagi ahamiyatini yanada oshiradi. Filipp Jessop nomidagi Xalqaro huquqshunoslar musobaqasi talaba-yoshlarga xalqaro huquqni chuqur o'rganish, tadqiq qilish asosida ijobiy echimlarni global muvofiqlashtirish uchun o'ziga xos muloqot va tajriba maydoni vazifasini o'taydi. Mamlakatingiz xalqaro maydonda tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surayotgani keng jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilinayotir. O'zbekistonlik yosh huquqshunoslarning mazkur tanlovda qatnashishi kelgusida bu boradagi intilishlarni xalqaro huquq organlaridan turib faol qo'llab-quvvatlashda ishtirok etish imkonini beradi.

Uch raund davom etgan bahslarda Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritib, aprelь oyida AQShning Vashington shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qiladigan bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz, Xalqaro huquqshunoslar assotsiatsiyasi tomonidan an`anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Xalqaro huquqshunoslar musobaqasi BMTning Xalqaro adliya sudi huzuridagi sud jarayoni modeliga asoslangan holda o'tkaziladi. Xalqaro huquqshunoslar musobaqasi 100 ga yaqin davlatdagi huquqshunoslikka ixtisoslashgan 650 dan ziyod oliy o'quv yurtini qamrab olgan dunyodagi eng katta sud tanlovidir.

Количество просмотров

101

Янгиликлар лентаси