USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Yonib ketgan avtobus haydovchilari hibsga olindi

Дата публикации: 26 01 2018

Qozog'istonda 18 yanvarь kuni yonib ketishi oqibatida 52 o'zbekistonlikning o'limiga olib kelgan avtobusning haydovchilari hibsga olindi. Bu haqda fojia yuz bergan Aqto'be viloyati prokuraturasi saytida ma`lum qilingan.


Ma`lumotlarga ko'ra, avtobusning yonishiga avtobus salonida isinish uchun qo'llangan kavshar lampa sabab bo'lgan. “Bu jinoyatga avtobusning barcha uch haydovchisining aloqadorligi aniqlandi”, deyilgan xabarda. 

Ushbu jinoyat yuzasidan Qozog'iston Repsublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (yo'l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan. 

Ichida 57 kishi bo'lgan avtobus Samara-Chimkent yo'lida yonib ketgan. Yong'in avtobus harakatlanayotgan vaqtda yuz bergan. Falokat oqibatida 52 kishi halok bo'lgan, 5 kishi omon qolgan. 

Количество просмотров

208

Янгиликлар лентаси