USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasining yangi prezidenti

Дата публикации: 25 01 2018

Bugun, 25 yanvarь kuni Toshkentda O'zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Unda tashkilotining nomi O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, deb o'zgartirildi.


Hisobot-saylov konferentsiyasida assotsiatsiyaning prezidenti etib saylangan Ochilboy Ramatov o'zbek futbolining eng og'ir muammolariga to'xtalib o'tdi.

Yangi rahbar o'tgan davr mobaynida O'zbekistondagi futbol stadionlariga muxlislar tashrifi keskin kamayib ketganini qayd etib o'tib, buni rahbariyat «quyiga tushib ishlamasdan, faqat Toshkentda o'tirgani» bilan izohladi.

«Hamma futbolchi Toshkentdagi jamoalarga yig'ildi. Viloyatlardagi futbol o'ldi.

Bu vaqtda esa boshqa davlatlarda, masalan, arab davlatlari to'g'ri ish olib bordi, hakamlikka e`tibor qaratildi. Ular vatan uchun futbol qanchalik kerakligini his qilib ishlashdi. Mana endi ular bizdan o'tib ketdi. Biz esa pozitsiyalarimizni yo'qotdik.

O'yinlarga tomoshabin kelmay qo'ydi. Nega? Tomoshabin kelmasa, nega kerak futbol? Bu ommaviy sport turi. Ish kunida charchagan odamlar uchun hordiq chiqarish vositasi bo'lishi kerak futbol. Yoshlar vaqtini yomon ishlar bilan o'tkazmasligi uchun. Futbol - odamlar uchun bo'lishi kerak.

«Paxtakor» stadioniga bir vaqtlar 50-55 ming kishi kelardi. Qani endi o'sha muxlislar?

Chunki, bizning futbolda «o'yin» ko'p. Futbol emas, boshqacha o'yin», deb Ochilboy Ramatovning so'zlarini keltiradi «Tribuna» muxbiri.

Количество просмотров

174

Янгиликлар лентаси