USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

AQSh Davlat departamenti: O'zbekiston - xatardan holi mamlakat

Дата публикации: 11 01 2018

AQSh davlat departamenti fuqarolarni sayohat qilish xavfsizligi to'g'risida xabardor etishning yangi tizimini taqdim etdi, uning doirasida barcha davlatlar to'rt toifaga bo'lingan. Qo'shma Shtatlar tashqi siyosat idorasining tushuntirishicha, tavsiyalar rejalashtirilayotgan safarlar xatarini baholash imkonini beradi.


Yangi tavsiyalar interfaol xarita va mamlakatlarning alohida ro'yxati ko'rinishida taqdim etilgan. Davlat departamenti barcha davlatlarni to'rt guruhga bo'lib chiqdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari: Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston birinchi guruh – «Oddiy ehtiyot choralari»dan joy oldi.

Vashingtonning fikricha, birinchi guruhga shunday davlatlar kiritilganki, ularga oddiy ehtiyot choralarini ko'rgan holda borish mumkin. Shuningdek, bu guruhdan Sharqiy Evropaning aksariyat mamlakatlari, Skandinaviya davlatlari, MDHdagi deyarli barcha mamlakatlar (Rossiya va Ukrainadan tashqari) o'rin egallagan.

Ikkinchi guruhdan yuqori ehtiyot choralari talab etiluvchi mamlakatlar joy oldi. Bu ro'yxatga Ukraina, G'arbiy Evropa davlatlari kirgan. Frantsiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya terrorchilik tahdidi tufayli Davlat departamenti tomonidan ikkinchi toifaga kiritildi.

Uchinchi toifadan esa rejalashtirilayotgan safarlarni qayta ko'rib chiqish tavsiya etilgan davlatlar joy oldi – Rossiya, Turkiya, Pokiston, Niger, Chad, Nigeriya.

Davlat departamenti Suriya, Yaman, Iroq, Eron, Afg'oniston, KXDR, Liviya, Mali, Somali, Janubiy Sudan va Markaziy Afrika Respublikasiga bormaslikni tavsiya qildi, deb yozadi kun.uz.

Количество просмотров

216

Янгиликлар лентаси