USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Hindiston: sovuqdan 143 odam halok bo'ldi

Дата публикации: 11 01 2018

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatidagi qattiq sovuq havo sabab bir kunda qirqdan ko'proq odam halok bo'ldi. Bu haqda IANS axborot agentligi xabar berdi. Halok bo'lganlarning ko'pchiligi boshpanasizlar.


Oxirgi haftada shtatda rekord darajadagi sovuq havo qayd qilingan. Ba`zi hududlarda harorat 2,9-7,5 darajagacha pasaygan. Markaziy issiqlik ta`minoti yo'q bo'lgan Hindiston uchun bu juda katta muammodir. 5 yanvardan buyon sovuqdan halok bo'lganlar soni bir yuz qirq uchga etgan.

Quyuq tuman va sovuq  natijasida temir yo'l harakati izdan chiqqan.  Yo'l-transport hodisalari oqibatida 5 kishi halok bo'lgan.

Количество просмотров

202

Янгиликлар лентаси