USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Topgan topoloqniki

Дата публикации: 09 01 2018

 Shvetsiyalik bir guruh bog'cha bolalari o'rmondan to'rt mingdan ko'proq evro  (qariyb 40 mln so'm) solingan banka topib olishdi, deb xabar beradi  «Shvetsiya Radiosi».


“O'rmonga uyushtirilgan oddiy sayr maktabgacha ta`lim muassasining tayyorlov sinfi bolalari uchun ertaknoma voqeaga aylanib ketdi”, deyiladi radio xabarida.

 Maktab direktori Lenita Besterman xonimning aytishicha, bolalar sayrdan so'ng bankani maktabga olib kelishgan va politsiya chaqirtirishgan. Qayd etilishicha, banka egasi topilmagan va shu sababli politsiyapulni bolalarga qaytarib bergan. Maktab ahli endi bu mablag'ni tabiat qo'yniga sayru sayohatlarga sarflamoqchi.

Количество просмотров

223

Янгиликлар лентаси