USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Qozog'iston: atom elektr stantsiyasi taradudi

Дата публикации: 07 01 2018

2018 yilda Qozog'istonda mamlakat hududida atom elektr stantsiyasini qurish bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun xalqaro tanlov o'tkaziladi.


Atom elektr stantsiyasini qurish bo'yicha “Kazatomprom” huzurida maxsus kompaniya tashkil etilgan, ammo uni qurish haqidagi yakuniy qaror faqat tanlovdan so'ng amalga oshiriladi. Bu haqda “24 xabar” telekanali Qozog'iston Milliy yadroviy markaziga asoslanib xabar berdi.

AES qurilishi uchun taxmin qilingan joy Kurchatov shahri hisoblanadi. 

“Kurchatov shahrini tanlash haqidagi fikrimni aytadigan bo'lsam, albatta bu atom elektr stantsiyasini qurish uchun ideal joy. Biroq, energiya muvozanati nuqtai nazaridan bu unchalik mos emas. Chunki bu erda ko'mir bor va u energetik jihatdan katta quvvatdir”, deydi Qozog'iston Milliy yadroviy markazi bosh direktori Erlan Botirbekov. 

Uning so'zlariga ko'ra, geolokatsiya va energiya manbalari ehtiyoji nuqtai nazaridan AES qurilishi uchun eng munosib joy Balxash shahridir. 

O'zA

Количество просмотров

255

Янгиликлар лентаси