USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Test sinovlariga kiritilgan savollar sifati yaxshilanadi

Дата публикации: 07 01 2018

Asosiy muammo – test savollarining chalkash va noaniq tuzilishi bo'lib, abiturientga yagona to'g'ri javobni tanlashni qiyinlashtiradi.


O'zbekistonda test savollari sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator choralar qabul qilinmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ushbu muammo bir necha yildan beri abiturient va ularning ota-onalari va mutaxassislar tomonidan ko'tarib chiqilmoqda. Asosiy muammo – test savollarining chalkash va noaniq tuzilishi bo'lib, abiturientga yagona to'g'ri javobni tanlashni qiyinlashtiradi. Muammoni echishning eng samarali yo'li – test savollari tuzishga mutaxassislar yondashuvini va ularning javobgarligini o'zgartirish, deb tushunilmoqda.

“Bugungi kunda Davlat test markazida faoliyat yuritayotgan o'qtuvchi pedagoglarning paydo bo'lishi katta yutuq bo'ldi. Ular test savollari mazmuni  bilan shug'ullanishadi. Oldin bunaqasi bo'lmas edi. Vazirlik tomonidan yo'naltirilgan turli ekspert va mutaxassilar yordamidan foydalanilar edi. Shuning uchun ham ularning javobgarlik burchlari ham turlicha bo'lar edi”, — deydi DTM vakili.

Uning aytishiga qaraganda, endi aniq yo'nalishlar bo'yicha javobgar bo'lgan muayyan mutaxassislar paydo bo'lgan. Ular test savollarining mazmuni va sifati uchun javob berishadi.
Undan tashqari DTM mutaxassislari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va ularni jalb qilish bo'yicha faoliyat olib borishmoqda. O'tgan yilning noyabrь oyida Toshkentga Lankaster universiteti vakili, dunyoning etakchi testologlaridan biri Rita Grin tashrif buyurgan edi.

Rita Grin bilan uchrashuv natijasiga ko'raDTM va Britaniya Kengashi test markazi bilan test o'tkazish jarayonini takomillashtirish borasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Eslatib o'tamiz, oxirgi yillar davomida O'zbekistonda abiturientlar soni yil sayin o'rtacha 10 %ga o'sib bormoqda. 2016 yilda 663 ming kishi hujjat topshirgan bo'lsa, 2017 yilda – 729 ming kishi OTMlarga kirish istagi bildirgan. 2018 yilda esa abiturientlar soni 810 mingga yaqin bo'lishi kutilmoqda.

Количество просмотров

299

Янгиликлар лентаси