USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Тошкент

Afg'onistonda ham tutqun edi, vatanida ham

Дата публикации: 03 01 2018

CTV telekanali tarqatgan xabarga qaraganda, 2017 yili Afg'onistonda oilasi bilan birgalikda asirlikdan ozod etilgan kanadalik Joshua Boylga o'z mamlakatida ayblov e`lon qilinib, qamoqqa olingan.


Ayblov o'tgan yili 14-30 oktyabrь kunlari 34 yoshli Boyl tomonidan sodir etilgan 15 holatni o'z ichiga olgan. Ular orasida bosqinchilik, shaxsni uning inon-ixtiyoriga qarshi ravishda erkinlikdan mahrum qilish, suiqasd qilishga tahdid, zaharli moddalardan foydalanish singari holatlar qayd etilgan.

Boyl va uning oilasi – 31 yoshli AQSh fuqarosi Keytlin Koulman va uch farzandi pokistonlik harbiylar tomonidan Afg'onistonda tutqunlikdan ozod qilingach, 2017 yil 13 oktyabrь kuni Londondan Torontaga uchib kelgandi. 

Kanadalik Afg'onistonda ko'ngillilik asosida mahalliy qishloq aholisiga yordam ko'rsatib kelgan. Lekin 2012 yilda homilador xotini bilan birga asirga tushgan. Tutqunlik davrida juftlik to'rt farzand – ikki o'g'il va ikki qizli bo'lgan, biroq qizaloqlardan biri terrorchilar tomonidan o'ldirilgan.

Количество просмотров

133

Янгиликлар лентаси