USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Тошкент

Bloomberg: O'zbekiston valyuta siyosatini leberallashtirmoqda

Дата публикации: 31 12 2017

AQShning moliyaviy-iqtisodiy yangiliklar bo'yicha nufuzli “Bloomberg” agentligi “O'zbekistonda valyutaning kutilmagan tarzda 50 foiz devalьvatsiya qilinishi tijoriy shartnoma tuzuvchilarning e`tiborini tortadi” deb nomlangan maqola e`lon qilib, unda Shavkat Mirziyoev Prezident etib saylanganidan keyin O'zbekistonning investorlar nazariga tushishini ta`minlaganini, valyuta siyosatini erkinlashtirganini yozadi.


“Islohot hukumatning xorijiy investitsiya jalb qilishga qat`iy azmu shijoatini ifoda etadi”, deb ta`kidlaydi Londondagi “Chatham House” tahlil markazining “Rossiya va Evroosiyo” dasturi xodimi Keyt Mallinson. “Keyingi yigirma yilda O'zbekistonda valyuta konvertatsiyasi xorijiy sarmoyadorlar uchun eng muammoli masalalardan bo'lib turgan edi”.

Uning so'zlariga ko'ra, yaqin istiqbolda ikkilik valyuta tizimini liberallashtirish iqtisodiyot uchun ayrim muammolar tug'dirishi, jumladan, inflyatsiya oshishiga olib kelishi mumkin, lekin giperinflyatsiyaga sabab bo'lmaydi. Ijobiy jihat shuki, moliyaviy borada davlat boshqaruvi kamayadi va xususiy sektor rivoji uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.

Moskvdagi “Macro Advisory” kompaniyasi xodimi Kris Vifer “32 million aholi yashaydigan va tashqi dunyo uchun 100 yil davomida yopiq bo'lgan O'zbekiston salmoqli sarmoyaviy salohiyatga ega kam sonli investitsiya ob`ektlaridan” ekanini qayd qiladi. “Bu O'zbekistonning investorlar nazariga tushishini ta`minladi. Avvalgi valyuta siyosati sarmoyadorlar uchun juda qattiq va o'ta noshaffof edi, shu bois ham mamlakatga investitsiya kam kirardi”.

Moskvadagi “Renessans Kepital” kompaniyasi iqtisodchisi Oleg Kuzьminning fikricha, ushbu qaror valyuta siyosatini liberallashtirish yo'lidagi muhim qadamdir. Bu O'zbekistonda avvalgi yillarda kuzatilgan rasmiy va “bo'z bozorgi” ayirboshlash baholari o'rtasidagi katta farqni qisqartirishga xizmat qiladi.

“O'zbekistonning valyutasi boshqa asosiy mintaqaviy valyutalardan ko'proq qadrini yo'qotdi. Siyosiy rahbariyat o'zgarganidan keyin O'zbekistonda muayyan yangilanishlar ko'zga tashlanmoqda, yaqinda valyutani erkinlashtirish bo'yicha qabul qilingan qarorni esa bu yo'nalishdagi yana bir qadam deb hisoblash mumkin”.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

Matbuot xizmati

Количество просмотров

119

Янгиликлар лентаси