USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Shuhrat Arslonov – yilning eng yaxshi kurashchisi

Дата публикации: 29 12 2017

Osiyo – Okeaniya kurash konfederatsiyasi 2017 yil yakuni bo'yicha bir nechta nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqladi.


Unga ko'ra, Yopiq inshootlar va Jang san`atlari bo'yicha V Osiyo o'yinlari g'olibi, Jahon chempioni, al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan XII xalqaro turnir sovrindori Shuhrat Arslonov “Yilning eng yaxshi kurashchisi” deb topildi.

Shuningdek, tailandlik Pulsak Sajatamnukul “Yilning eng yaxshi hakami”, eronlik Hosro Dalir Moeyn “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, Xitoy Taypeyidan Xsen-Tsu Yang “Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi”, Janubiy Koreya kurash federatsiyasi “Yilning eng yaxshi federatsiyasi”, Turkmanistonda o'tkazilgan Yopiq inshootlar va jang san`atlari bo'yicha V Osiyo o'yinlarining kurash musobaqasi “Yilning eng yaxshi musobaqasi”, 2018 yil Indoneziyada bo'lib o'tadigan yozgi Osiyo o'yinlariga kurashning rasman kiritilgani “Yilning eng yaxshi voqeasi”, deb topildi.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon va Osiyo – Okeaniya kurash konfederatsiyasi prezidenti Komil Ro'ziev “Kurash rivojiga qo'shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bo'yicha taqdirlandi, deyiladi O'zA xabarida.

Количество просмотров

299

Янгиликлар лентаси