USD = 8163.93 SUM   EUR = 9978.77 SUM
Тошкент

Dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya ilk sinov parvozni amalga oshirdi

Дата публикации: 25 12 2017

Yong'inlarni o'chirishga mo'ljallangan Xitoyning AG600 samolyot-amfibiyasi ilk sinov parvozni muvaffaqiyatli yakunladi. Jarayon Xitoyning CCTV kanali orqali efirga uzatildi. Bu haqda «xinhua»  xabar berdi.


AG60 samolyot-amfibiyasi (Kunlong) 24 dekabrь kuni mahalliy vaqt bilan 09:39da Guandun provintsiyasi janubidagi Chjuxay shahri aeroportidan osmonga ko'tarildi. Samolyotning uchish vaqti br soatni tashkil qildi.

64 daqiqa, parvoz balandligi esa 3 ming kilometrni tashkil qildi. Parvoz davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida amfibiyaga bortida texnik xodimlar bo'lgan samolyotlar hamrohlik qildi.

Uzunligi 39,6 metr, qanotlar orasidagi masofa 38,8 metrni tashkil qiladigan AG600 to'rtta turbovintli dvigatel bilan bilan jihozlangan. Bortida 50 yo'lovchi bo'lgan samolyot 20 soniyada 12 tonna suv to'play oladi. Maksimal parvoz balandligi esa 4,5 ming kilometrgacha etadi.

U maksimal 53,5 tonna yuk bilan, soatiga 500km.soat tezlikda harakatlanadi.

Ma`lumot o'rnida, AG600 samolyotini yig'ish o'tgan yili yakunlangan edi. U o'rmon yong'in o'choqlarini bartaraf etish va suvda qutqaruv ishlarini olib borishga mo'ljallangan. Havo kemasi dengizda yuk va yo'lovchi tashishni monitoring qilish, shuningdek, foydali qazilma boyliklarini o'rganish uchun qo'shimcha uskunalar bilan jihozlanishi mumkin.

U «Kunlong» - Xitoy madaniyatida «kun» - ulkan afsonaviy baliq, «long» esa ajdar ma`nosini anglatadi. Unga qadar Y-20 (2013) va C919 (2017) Xitoyning yirik samolyotlari parvoz qilgan edi.

Количество просмотров

125

Янгиликлар лентаси