USD = 8163.93 SUM   EUR = 9978.77 SUM
Тошкент

Toshkentdagi Turin politexnika universitetida «Aviakosmik injiniring» yo'nalishi tashkil etiladi

Дата публикации: 24 12 2017

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi ehtiyojlari uchun «Aviakosmik injiniring» yo'nalishi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.


19-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida aviakosmik injiniring sohasidagi kadrlar tayyorlashni tashkil etish to'g'risida» qarori imzolandi.

Unga ko'ra, universitet 2017/2018-o'quv yilining ikkinchi semestridan boshlab «Mashinasozlik texnologiyasi» yo'nalishi bo'yicha bakalavriatning uchinchi bosqichi asosida yangi yo'nalishda talabalar guruhi tayyorlashni boshlaydi. Bunda «Aviakosmik injiniring» yo'nalishiga 25 nafar talaba tahsil oladi.

«O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasining korxonalari bazasi yangi yo'nalishdagi talabalar uchun laboratoriya bazasi va malaka amaliyotini o'tash bazasi bo'lib xizmat qiladi.

Количество просмотров

107

Янгиликлар лентаси