USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Тошкент

Chorvoqda “Tour de Charwak Lake” xalqaro velopoygasi o'tkaziladi

Дата публикации: 22 12 2017

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) prezidenti David Lappartьen va Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi (ASS) prezidenti Usama Ahmad Abdulloh al-Shafar boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga keldi. Bu haqda O'zA xabar berdi.


O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbarlari delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Mazkur sport turi bo'yicha 2018 yil Toshkent velotrekida Osiyo kubogi, 2019 yil shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionatini o'tkazish, velosportning Olimpiya turi hisoblangan “BMX” va “Mauntinbayk” yo'nalishlarida sportchi va murabbiylarning tajribasini oshirish maqsadida Toshkent viloyati hududida mazkur turlar uchun sport kompleksini (velodrom) qurishda amaliy yordam berish borasida suhbatlashildi. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Chorvoq” erkin turistik zonasini yaratish to'g'risidagi qarorga asoslangan holda mazkur hududda “Tour de Charwak Lake” xalqaro velopoygasi o'tkazilishini tashkil etish bo'yicha bo'yicha fikr almashildi.

Velosport turiga ko'rsatilayotgan e`tibor samarasida «Tashkent City» mintaqaviy velosiped klubiga asos solindi. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi va Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi yangidan tashkil etilgan «Tashkent City» mintaqaviy velosiped klubining xalqaro turnir va Gran-prilarda qatnashishida moddiy-texnik ko'mak hamda amaliy yordam berishi ta`kidlandi.

Buning natijasida «Tashkent City» mintaqaviy velosiped klubi 2018 yil dunyoning sakkizta davlatida shosse va trek yo'nalishlari bo'yicha bo'lib o'tadigan 14 nufuzli musobaqada qatnashadigan bo'ldi.

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi, Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi va O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi o'rtasida memorandum imzolandi.

Количество просмотров

182

Янгиликлар лентаси