USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Тошкент

2018-yilda davlat byudjetidan 427 bog'chada qurilish-ta`mirlash ishlari uchun 771 milliard so'm mablag' ajratiladi

Дата публикации: 20 12 2017

2017-2021-yillarga mo'ljallangan Dastur asosida bog'chalar qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari davom ettiriladi. 2018-yilda davlat byudjetidan 427 bog'chada qurilish-ta`mirlash ishlari uchun 771 milliard so'm mablag' ajratiladi.


Bu haqda Prezidentimiz raisligida maktabgacha ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan videoselektor majlisida aytib o'tildi.

Unda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi turdagi maktabgacha ta`lim muassasalar faol tashkil etish, 2018-yilda Janubiy Koreya tajribasi asosida maktabgacha ta`lim muassasalarini uslubiy va didaktik o'yinlar, o'yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan ta`minlash me`yorlarini ishlab chiqish haqida ham so'z bordi.

Shuningdek, bu dasturlarda yuqori malakali tarbiyachi va murabbiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratiladi. Maktabgacha ta`lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini tabiiy ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

Количество просмотров

225

Янгиликлар лентаси