USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Тошкент

Maktabgacha ta`lim vazirligi va uning hududiy organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun davlat byudjeti mablag'lari hisobidan 21,0 milliard so'm ajratiladi

Дата публикации: 19 12 2017

Joriy yilning 18 dekabrь kuni O'zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 991-sonli qarori qabul qilindi.


«O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi qaror matni www.lex.uz saytida e`lon qilindi.

Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Maktabgacha ta`lim vazirligi va uning hududiy organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun davlat byudjeti mablag'lari hisobidan 21,0 milliard so'm ajratiladi.

Ta`lim bo'yicha global hamkorlik grant-beg'araz texnik ko'magidan foydalangan holda «Maktabgacha va umumiy ta`limni rivojlantirish» loyihasi doirasida 2018 yilda maktabgacha ta`lim muassasalari uchun jami 2 453,0 ming AQSh dollarilik tovar va xizmat etkazib beriladi. Ulardan maqsadli foyjalanishni ta`minlash O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

Shuningdek, qarorda tashkil etilayotgan nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalarining 2023 yil 1 yanvargacha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun to'lovlarning 50 foizi o'z mablag'lari hisobidan hamda qolgan 50 foizi O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag'lari hisobidan to'lanadi.

Количество просмотров

260

Янгиликлар лентаси